Idris Elba ishtirokidagi “Tubsizlik uzra” filmi treyleri chiqdi
Lionsgate kinokompaniyasi “Tubsizlik uzra” (Над бездной) nomli yangi trillerning ilk treylerini taqdim etdi. Filmga Idris Elba rejissyorlik qilgan va bosh rolni ham o‘zi ijro etgan.
Syujetga ko‘ra, uch nafar astronavt Yerga qaytish vaqtida okean o‘rtasiga tushib qoladi. Qutqaruv kapsulasida omon qolishga urinayotgan qahramonlar asta-sekin suv osti qa’riga cho‘kib boradi.
Filmni suratga olishda Elbaga “Narigi dunyodan kelgan yigit” kartinasi rejissyori Martin Ouen yordam bergan. Shuningdek, trillerda Xiro Fayns-Tiffin va Keytlin Fitsjerald rol ijro etgan.
“Tubsizlik uzra” filmining xalqaro prokati 4-dekabr kuni boshlanadi.
