Netflix PUBG öyini asosida serial suratga oladi
Netflix striming platformasi PUBG: Battlegrounds videoöyini asosida serial yaratiş işlarini rasman boşladi. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Loyihada “Hamjamiyat”, “Atlanta” hamda “Janob va xonim Smit” seriallari bilan tanilgan Donald Glover boş rolni ijro etadi. Şuningdek, u serialning rejissyori, ssenariynavisi va prodyuseri sifatida ham işlaydi. Unga ukasi Stiven Glover yordam beradi.
PUBG (PlayerUnknown’s Battlegrounds) öyini 2017-yilda Janubiy Koreyaning Krafton kompaniyasi tomonidan Steam platformasida çiqarilgan. Öyinda 100 dan ortiq iştirokçi orolga tuşib, qurol-yaroğ qidiradi va omon qoliş hamda ğalaba qozoniş uçun bir-biriga qarşi kuraşadi.
Netflix ayni paytda Assassin’s Creed va Deyv Batista iştirokidagi Gears of War kabi boşqa maşhur videoöyinlarning ekranlaştirilişi ustida ham işlamoqda.
