Yangiliklar

“Garri Potter” HBO tarixidagi eng qimmat serialga aylanişi mumkin

HBO tomonidan suratga olinayotgan “Garri Potter” seriali telekanal tarixidagi eng qimmat loyihalardan biriga aylanişi mumkin. Deadline xabariga köra, serialning dastlabki mavsumiga taxminan 201 mln dollar sarflangan bölişi mumkin.

Serial işlab çiqarilişi bilan boğliq Britaniyaning Plum Jam Productions kompaniyasi moliyaviy hisobotiga köra, uning daromadi 2024-yildagi 18,4 mln funt sterlingdan 2025-yilda 130,6 mln funtgaça oşgan. Uşbu körsatkiçlar loyiha uçun jami 150 mln funt sterling yoki 201 mln dollar sarflangan bölişi mumkinligini körsatmoqda. Biroq bu summa birinçi mavsumning rasman tasdiqlangan budjeti emas.

Hisob-kitoblarga köra, serialning har bir qismi taxminan 25 mln dollarga tuşişi mumkin. Taqqoslaş uçun, “Taxtlar öyini”ning sönggi mavsumida bitta epizod budjeti 15 mln dollar, “Ajdarho uyi” serialida esa 15–20 mln dollar atrofida bölgan.

“Garri Potter va falsafa toşi” kitobi asosida suratga olingan birinçi mavsum premyerasi 2026-yil 25-dekabrga rejalaştirilgan.