Yangiliklar

“Azizam” serialining ikkinçi mavsumi treyleri çiqdi

Sky va STARZ telekanallari “Azizam” (Sweetpea) qora komediya serialining ikkinçi mavsumi treylerini taqdim etdi. Yangi qismlar 26-noyabrdan namoyiş etila boşlaydi.

Serial yozuvçi SiJey Skyuzning şu nomli kitoblar turkumi asosida suratga olingan. Syujet Riannon Lyuis (Ella Pernell) ismli odamovi qiz haqida hikoya qiladi. U özini qattiq ğazablantirgan notaniş kişini öldirib qöyadi va şundan söng hayotini çidab bölmas darajaga yetkazgan barça odamlardan qasos olişga qaror qiladi.

Ikkinçi mavsumda Riannon uning qotillik uslubiga taqlid qilayotgan ketma-ket qotilliklar sodir etuvçi jinoyatçini töxtatişga urinadi.

Serialni “Sekin otlar” loyihasi bilan tanilgan See-Saw Films studiyasi işlab çiqargan. 2024-yilda namoyiş etila boşlagan loyiha tanqidçilar tomonidan ijobiy baholangan va Rotten Tomatoes platformasida 88 foizlik reytingga ega.