Yangiliklar

Warner Bros. 2026-yilda 800 mln dollardan ortiq zarar kördi

Warner Bros. kinostudiyasining yangi egalari — Skydance kompaniyasi 2026-yildagi moliyaviy yöqotişlarni 800 mln dollardan ortiqqa baholamoqda. Page Six xabariga köra, zararning katta qismi studiyaning sobiq rahbarlari Maykl De Luka va Pamela Ebdi davrida işlab çiqarişga topşirilgan filmlar bilan boğliq.

Eng katta muvaffaqiyatsizliklardan biri Tom Kruz iştirokidagi Alexandro Gonsales Inyárrituning “Digger” filmi böldi. Uning prokatidan körilgan zarar taxminan 250 mln dollarga baholanmoqda. Meggi Jillenholning “Kelin!” filmi esa, manbalarga köra, 100 mln dollardan ortiq zarar keltirgan. Hatto eng yaxşi film uçun “Oskar” mukofotini qölga kiritgan Pol Tomas Andersonning “Jang ortidan jang” kartinasi ham studiyaga kutilgan daromaddan 75 mln dollar kam tuşum keltirgani aytilmoqda. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsiz filmlar qatorida “Superqiz” va “Amaliy sehr 2” ham tilga olingan.

Skydance kompaniyasini nafaqat joriy prokat natijalari, balki 2027-yilga rejalaştirilgan loyihalar ham xavotirga solmoqda.

Maykl De Luka va Pamela Ebdi 2026-yil oktabrida Paramount Skydance tomonidan Warner Bros. kompaniyasini sotib oliş böyiça bitim yakunlanişidan biroz oldin rahbarlik lavozimlarini tark etgan. Hozirda birlaşgan studiyaning kino işlab çiqariş yönalişiga Dana Goldberg va Joş Grinstayn mas’ul.