“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 2,5 mlrd dollar yig‘di
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” kinokomiksi jahon prokatida 2,5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. Bu kino tarixidagi uchinchi eng yuqori natija bo‘lib, undan oldinda “Qasoskorlar: Final” va ilk “Avatar” turibdi.
Film AQShda 954 mln dollar, xalqaro bozorlarda esa 1,55 mlrd dollar ishlab topgan. Oraliq yakuniy natija 2,505 mlrd dollarni tashkil etdi. Rossiyada kartina parallel prokatda namoyish etilib, 2 mlrd rubldan ortiq mablag‘ yig‘di.
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 6-oktabr kuni internetda paydo bo‘ladi. Tom Holland bosh rolni ijro etgan franshizaning to‘rtinchi qismida Piter Parker yangi qudratli dushman bilan to‘qnashadi.
Filmda Zendaya, Sedi Sink, Jon Bernthal, Mark Ruffalo va boshqalar ham rol ijro etgan. Rejissyor — Destin Daniel Kretton.
