“Resident Evil” filmi 300 mln dollardan ortiq daromad keltirdi
Zak Kreggerning “Yovuzlik maskani” (Resident Evil) qo‘rqinchli filmi jahon prokatida 320 mln dollar yig‘di. Box Office Mojo ma’lumotlariga ko‘ra, kartina rejissyor faoliyatidagi eng kassabop filmga aylandi.
Film Shimoliy Amerika prokatida 138,5 mln dollar, xalqaro bozorlarda esa 181,7 mln dollar ishlab topdi. Uning ishlab chiqarish budjeti 75 mln dollarni tashkil etgan. Tahlilchilar yakuniy yig‘imlar 420 mln dollardan oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Resident Evil videoo‘yini asosida suratga olingan film sentabr oyida kinoteatrlarda namoyish etila boshlagan. Syujetga ko‘ra, kuryer Brayan (Ostin Abrams) Rakkun-Sitiga insonning muhim a’zolaridan birini yetkazib berishi kerak bo‘ladi.
Biroq u asta-sekin shahar odamlarni zombiga aylantiradigan virus bilan qamrab olinganini tushunib yetadi.
