Deniel Kreyg ishtirokidagi “Narniya: Sehrgarning jiyani” filmining treyleri chiqdi
Netflix “Narniya: Sehrgarning jiyani” (Narnia: The Magician’s Nephew) fantastik filmining ilk treylerini taqdim etdi. Klayv Steyplz Lyuis romani asosida suratga olingan kartina 2027-yil 2-aprelda striming platformasida namoyish etiladi.
Filmga “Barbi” kartinasi bilan tanilgan Greta Gervig rejissyorlik qilgan. Asl kitobdagi voqealar Viktoriya davri Angliyasida kechsa, yangi ekranlashtirish syujeti 1950-yillar Londonida rivojlanadi. Bosh qahramonlar — yosh Polli Plammer va Digori Kirk sehrli Narniya mamlakatining paydo bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Ularga makkor sehrgar ayol Jadis qarshi chiqadi.
Kartinada Deniel Kreyg, Keri Malligan, Emma Maki, Devid Makkenna va Beatris Kempbell rol ijro etgan. Sher Aslanga esa Meril Strip ovoz bergan.
Avvalroq Disney studiyasi 2005–2010-yillarda “Narniya solnomalari” trilogiyasini taqdim etgan edi. “Sehrgarning jiyani” ham kinoteatrlarda, jumladan, IMAX formatida namoyish etiladi. Xalqaro prokat 2027-yil 12-fevralda boshlanadi.
