Filmlar

Zendeya Aleks Garlandning yangi fantastik filmida bosh rolni ijro etadi

Zendeya rejissyor Aleks Garlandning A24 studiyasi uchun suratga oladigan yangi ilmiy-fantastik filmida bosh rolni ijro etadi. Hozircha nom berilmagan loyihaning syujet tafsilotlari sir saqlanmoqda. Suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Kartina Garland va A24 studiyasining navbatdagi hamkorlik loyihasi bo‘ladi. Avvalroq rejissyor studiya bilan birgalikda “Mashinadan”, “Erkaklar zoti” va “Imperiyaning qulashi” filmlari ustida ishlagan. Hozirda Garland Elden Ring videoo‘yini ekranlashtirilishining postprodakshn jarayonlari bilan band. Suratga olish ishlari yozda yakunlangan filmning premyerasi 2028-yil martiga rejalashtirilgan.

Zendeya 2026-yilda “Mana bu drama!” va “Odisseya” filmlarida suratga tushdi. Shuningdek, aktrisa “O‘rgimchak odam: Yangi kun” kartinasida Marvel kinoolamidagi roliga qaytdi.

Dekabr oyida esa Zendeya Chani obrazini qayta gavdalantirgan “Dyuna: Uchinchi qism” filmining premyerasi kutilmoqda.