Yangiliklar

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” qo‘shimcha sahnalar bilan qayta prokatga chiqadi

Sony Pictures va Marvel Studios “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmini jahon prokatida qayta namoyish etishga qaror qildi. Tomoshabinlar asosiy montajga kiritilmagan qo‘shimcha sahnalar bilan yangi versiyani ko‘rishlari mumkin.

Yangi versiyaga aynan qaysi sahnalar kiritilishi hozircha noma’lum. Qayta prokatning aniq sanasi ham e’lon qilinmagan.

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” iyul oyining oxirida prokatga chiqqan va qariyb 2,5 mlrd dollar yig‘ib, “Avatar” va “Qasoskorlar: Final”dan keyin kino tarixidagi eng kassabop uchinchi filmga aylangan. Kartina AQShdagi eng kassabop loyiha maqomini ham qo‘lga kiritib, “Yulduzlar jangi: Kuch uyg‘onadi” filmini ortda qoldirgan.

Filmda Tom Holland, Zendaya, Sedi Sink, Jon Bernthal va Mark Ruffalo rol ijro etgan. “O‘rgimchak odam: Yangi kun” 6-oktabr kuni internetda ham paydo bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan