Devid Fincher 2027-yilda Netflix’ni tark etadi
Devid Fincher 2027-yilda Netflix bilan hamkorligini yakunlashi kutilmoqda. Bloomberg xabariga ko‘ra, rejissyor striming servisi bilan 2013-yildan beri hamkorlik qilib kelgan, 2020-yilda esa eksklyuziv shartnoma imzolagan.
Hamkorlik “Kartochkalar uyi” serialini yaratish jarayonida boshlangan. Shundan so‘ng Fincher Netflix uchun “Mindhunter”ning ikki mavsumini, “Mank” biografik filmini va “Qotil” trillerini suratga olgan.
Fincher va Netflix’ning so‘nggi to‘liq metrajli loyihasi — “Kliff Butning keyingi omadsizliklari” sarguzasht komediyasi 25-dekabr kuni striming servisida chiqadi. Rejissyor “Kalmar o‘yini” serialining ingliz tilidagi remeyki ustida ham ishlashni rejalashtirgan, biroq loyiha amalga oshmagan.
Avvalroq Netflix’ni “G‘alati ishlar” rejissyorlari — aka-uka Dafferlar va Shon Levi ham tark etgan edi.
