FilmlarYangiliklar

Sedi Sink A24 studiyasining yangi filmida firibgar rolini ijro etadi

“G‘aroyib hodisalar” seriali yulduzi Sedi Sink A24 studiyasining “Mehmon” (The Guest) nomli yangi filmida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Film yozuvchi Emma Klaynning 2024-yilda chop etilgan shu nomli romani asosida suratga olinadi. Sink yoz davomida bir uydan boshqasiga ko‘chib yuradigan, o‘z manfaatini ko‘zlovchi firibgar Aleks obrazini gavdalantiradi. Kartinaga “Striptizchilar” filmi bilan tanilgan Lorin Skafariya rejissyorlik qiladi va ssenariyni ekran uchun moslashtiradi.

Sedi Sink bu yil “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmida Jin Grey rolini ijro etdi. Aktrisa Sony va Marvel studiyalari tayyorlayotgan “X-odamlar” franshizasining yangi filmida ham ushbu obrazga qaytadi.