Media

Jessi Ayzenberg A24 studiyasi uchun serial suratga oladi

“Ijtimoiy tarmoq” va “Ustasi faranglar” filmlari bilan tanilgan aktyor va rejissyor Jessi Ayzenberg faoliyatidagi ilk teleserial ustida ishlamoqda. Loyiha A24 studiyasi tomonidan ishlab chiqariladi, deb xabar bermoqda Variety.

Serial voqealari 2002-yilda kechadi. Syujet markazida yangi tanishuvlar ta’sirida qarashlari o‘zgarib boradigan 18 yoshli talaba qiz turadi. Ayzenberg 2016-yilda nashr etilgan “Bream Gives Me Hiccups: and Other Stories” hikoyalar to‘plamida ham shunga o‘xshash voqeani tasvirlagan.

Hozircha nom berilmagan loyihada Ayzenberg ssenariynavis, rejissyor va prodyuser sifatida ishlaydi. Uning Julianna Mur ishtirokidagi yangi “Debyut” komediya filmi esa 24-dekabr kuni Rossiya kinoteatrlarida namoyish etiladi.