Yangiliklar

“Qondosh” dahshatli filmi treyleri chiqdi

Rejissyor Stanislav Podgayevskiyning “Qondosh” (“Родная кровь”) nomli yangi qo‘rqinchli filmining ilk treyleri taqdim etildi. “Пищеблок” va “Невеста” loyihalari bilan tanilgan rejissyorning yangi kartinasi 10-dekabr kuni Rossiya kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Film 18 yoshli Sonya (Polina Guxman) haqida hikoya qiladi. Qiz avtohalokat oqibatida xotirasini yo‘qotib, o‘zi tanimaydigan uyga qaytadi. Ota-onasi unga g‘amxo‘rlik qilsa-da, ko‘plab cheklovlar qo‘yadi va ko‘chaga chiqishini taqiqlaydi.

Ko‘p o‘tmay Sonya arvohga duch keladi. Arvoh uning oilasi aslida o‘zini boshqa odamlar qilib ko‘rsatayotgani va haqiqiy kimligini yashirayotganini aytadi. Haqiqatni aniqlashga uringan qiz mustaqil tergov boshlaydi. Kartinada Daniil Vorobyov, Tatyana Yaxina, Pyotr Natarov, Lana Drim va boshqalar ham rol ijro etgan.

Film ssenariysini Stanislav Podgayevskiy Ivan Kapitonov bilan birgalikda yozgan. Ular avval “Русалка. Озеро мертвых” va “Яга. Кошмар темного леса” filmlari ustida ham hamkorlik qilgan.