“Taxtlar o‘yini” olamidagi film 2029-yilda chiqadi
Warner Bros. “Taxtlar o‘yini” seriali asosidagi to‘liq metrajli filmning premyera sanasini e’lon qildi. “Eyegonning zabt etishi” subtitrli kartina xorijiy prokatga 2029-yil 1-iyunda chiqadi.
Voqealar “Taxtlar o‘yini”dagi hodisalardan 300 yil oldin sodir bo‘ladi. Syujet markazida Targrienlar sulolasiga asos solgan qirol Eyegon I turadi.
Ssenariy ustida “Kartochkalar uyi” va “Andor” loyihalari muallifi Bo Uillimon ishlagan. Rejissyorlik lavozimini “Yetti qirollik ritsari” ustida ishlagan Ouen Harris egallaydi. Aktyorlar tarkibi hozircha tasdiqlanmagan.
