Dedpul “X-odamlar ’97” serialining uchinchi mavsumida chiqadi
New York Comic Con festivalida “X-odamlar ’97” animatsion serialining uchinchi mavsumi tizeri namoyish etildi. Rolikda yangi qahramonlar, jumladan, Dedpul ham ko‘rinish berdi.
Dedpul Xalk-ayol bilan birga Gambit va Rougning to‘yida mehmon sifatida qatnashgan. Uchinchi mavsumning Disney+ platformasidagi aniq premyera sanasi hozircha noma’lum. Shuningdek, Dedpul yangi “Qasoskorlar” filmida ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.
“X-odamlar ’97” seriali 2024-yilda boshlangan, uning ikkinchi mavsumi esa avgust oyida yakunlangan. Loyiha 1992–1997-yillarda Fox Kids telekanalida namoyish etilgan animatsion serialning davomi hisoblanadi.
Ayni paytda Marvel “X-odamlar”ning yangi to‘liq metrajli filmini ham tayyorlamoqda. Unda Samara Uiving, Adam Drayver, Sedi Sink, Indi Navarretti va boshqalar rol ijro etadi.
