Gvinet Peltrou Netflix va A24 studiyasining yangi triller serialida bosh rolni ijro etadi
“Oskar” mukofoti sovrindori Gvinet Peltrou Netflix va A24 studiyasining “Uzr” (The Apology) nomli yangi triller serialida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Serialga “Yana bittadan” filmi bilan tanilgan Tomas Vinterberg rejissyorlik qiladi. Syujet markazida Evelin va Kaleb Emspokerlar turadi.
Ularning o‘g‘li 18 yil avval shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Kunlarning birida ularning uyi ostonasida paydo bo‘lgan kishi jinoyatni sodir etganini tan oladi. Biroq qotilning jazosi sezilarli darajada yengillashtirilishi rejalashtirilgach, er-xotin adolatni o‘z qo‘li bilan o‘rnatishga qaror qiladi.
Loyiha ssenariysini “Hech narsa dema” seriali bilan tanilgan Jo Murta yozgan. “Uzr” kamida ikki mavsumdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.
Gvinet Peltrou so‘nggi bor Timoti Shalame bilan birga “Buyuk Marti” filmida suratga tushgan.
